O‘zbekistonga xorijdan talabalarni jalb etish bo‘yicha maxsus platforma yaratiladi

O‘zbekiston 10:52 / 09.12.2024 1093

Unda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Kompaniya 2013 yilda Malayziya Oliy ta’lim vazirligi tasarrufidagi Ta’lim sohasidagi global xizmatlar agentligi bilan birgalikda mamlakatga xorijiy talabalarni keng jalb etishga qaratilgan maxsus EMGS STARS platformasi va EMGS Hub mobil ilovasini ishga tushirgan. Ushbu platformalar orqali Malayziyadagi xalqaro talabalar sonini 2012 yildagi 20 mingdan bugungi kunda 200 mingdan oshirishga erishildi.

Malayziya vakili O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan talabalarni jalb etishga qaratilgan maxsus raqamli platforma va mobil ilovani yaratishga qiziqish bildirdi. Ushbu loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish uchun kompaniya rahbari o‘z jamoasi bilan yaqin kunlarda O‘zbekistonga safar qilish rejasini ma’lum qildi.

Dato Sri Leo Ariyanayakamning aytishicha, ushbu platformani ishga tushirish natijasida O‘zbekistonda tahsil olayotgan xalqaro talabalar sonini hozirgi 6500 nafardan yaqin 3 yil ichida 20 ming nafardan oshirish, elikka yaqin mahalliy mutaxassislar uchun doimiy ish o‘rinlarini yaratish maqsad qilingan. Platforma dastlabki bosqichda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlarining ingliz tilida olib boriladigan o‘quv dasturlari va yo‘nalishlarini qamrab oladi.

"Geografik joylashuvi va hozirgi taraqqiyot sur’atini hisobga olgan holda O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi ta’lim xabiga aylantirish uchun katta salohiyat mavjud. Shuningdek, O‘zbekistonda xalqaro talabalar uchun mukammal platformaning yaratilishi ko‘plab nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining mamlakat ta’lim sohasiga investitsiya kiritishiga hamda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘quv yurtlarining yanada rivojlanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi", dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: