«Bashir Asad o‘z xalqiga shafqatsizlarcha zulm qildi, u son-sanoqsiz odamlar hayoti uchun javobgardir, ular Suriyani tark etishga majbur bo‘ldi, ko‘pchiligi Germaniyaga ko‘chib o‘tdi, shuning uchun Suriyada Asad hukmronligining tugashi yaxshi xabar», — Germaniya kansleri Olaf Sholsning ushbu bayonoti 8 dekabr, yakshanba kuni Germaniya hukumati matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
«Hozir Suriyada huquq va tartibni tezda tiklash muhim. Barcha diniy jamoalar va ozchiliklar hozir va kelajakda himoya qilinishi kerak. BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-rezolyutsiyasiga muvofiq Suriyadagi mojaroga siyosiy yechim topish hali ham mumkin», — deyiladi hujjatda.
Shols qo‘shimcha qilishicha, Berlin bo‘lajak Suriya hukumatini barcha suriyaliklarga munosib va o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatini taqdim etishi hamda «Suriya suverenitetini uchinchi tomonlar g‘arazli aralashuvidan himoya qilishi va o‘z qo‘shnilari bilan tinch-totuv yashay olishi» yuzasidan baholaydi.
Suriyada isyonchilar hokimiyatni egallab oldi
Qurolli guruhlar noyabr oyi oxirida Suriya prezidenti Bashar Asad hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshladi. Bir necha kun ichida ular bir qancha yirik shaharlarni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lishdi. 8 dekabr kuni Suriya isyonchilari davlat televideniyesi orqali poytaxt Damashqqa kirib, Bashar Asad rejimini ag‘darganliklarini e’lon qildi. Damashqqa yurish bilan bir vaqtda isyonchilar ittifoqi mamlakatning shimoli va shimoli-sharqiga yo‘l oldi.
Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Asad «prezidentlik lavozimini tark etishga qaror qilgan» va Suriyani tark etgan. TASS agentligi o‘z manbalariga tayanib, u oilasi bilan Moskvada ekanini ma’lum qildi.