AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar isyonchilar prezident Bashar Asadga qo‘shinlariga qarshi yurish qilayotgan Suriyadagi vaziyatga aralashmasligi lozimligini ta’kidladi.
«Muxolifat kuchlari yaxshi muvofiqlashtirilgan hujumda ko‘plab shaharlarni to‘liq egallab olishdi va hozir Damashq chekkasida, aftidan, Asadni ag‘darish yo‘lida juda katta qadam tashlashga hozirlik ko‘rmoqda», — degan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Rossiya «Ukrainada chuqur botqoqqa tushib qolgan va u yerda 600 000 mingdan ortiq askarini yo‘qotgan» va, ko‘rinishidan, muxolifatchilarning «o‘zi ko‘p yillar mobaynida himoya qilib kelgan» Suriya bo‘ylab yurishini to‘xtatishga qodir emas, degan AQShning saylangan prezidenti.
Tramp 2013 yilda o‘sha vaqtda AQSh prezidenti lavozimini egallab turgan Barak Obama jangovar kimyoviy zarin zaharli moddasi qo‘llangani aniqlangan Suriyadagi vaziyatga aralashishdan bosh tortganini eslatib o‘tgan. Tramp shundan keyin Suriyada «Rossiya aralashuvidagi haqiqiy jahannam boshlangani»ni yozgan.
Hozirda rus qo‘shinlari va balki Asadning o‘zi ham siqib chiqarilmoqda va «bu, ehtimol, ular bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi ishdir», deb hisoblaydi u. Rossiya uchun «Suriya Obamani ahmoqqa chiqarishdan boshqa hech qanday foyda bermagan», deydi Tramp.
«Suriyada tartibsizlik bo‘lmoqda, u bizning do‘stimiz emas va AQShning bunga hech qanday aloqasi bo‘lmasligi kerak. Bu bizning kurash emas. Hammasi o‘z yo‘lida ketsin. Aralashmang!» deya yozadi u.
Asad G‘arbdan yordam so‘ragan
Bloomberg Bashar Asad o‘z armiyasi chekinishi fonida AQShdan yordam so‘ragani haqida xabar tarqatgan. Manbalarga ko‘ra, Asad AQShga Birlashgan Arab Amirliklari orqali yuborgan taklif Suriya g‘arb davlatlari harbiy harakatlarga ta’sir ko‘rsatishi evaziga Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi «Hizbulloh» va boshqa shu kabi guruhlar bilan hamkorlikni butunlay to‘xtatishini ko‘zda tutgan.
Shuningdek, agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Asad mamlakatdagi xristianlarning yuqori martabali yetakchisini Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning oldiga yuborgan, u agar isyonchilar g‘alabaga erishgudek bo‘lsa, Suriyadagi xristianlar ozchiligi xavf ostida qolishi haqidagi ogohlantirishi kerak bo‘lgan, o‘z navbatida, Orban bu ma’lumotni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga yetkazishi kerak edi.
Uchinchi versiyaga ko‘ra, Asad yangi konstitutsiya taklif qilgan va quvg‘indagi siyosiy muxolifat bilan muzokaralar olib borgan.
2024 yil noyabr oyi oxirida qurollangan isyonchilar guruhi Bashar Asad kuchlariga qarshi yurish boshladi. 7 dekabr kuni kechqurungacha Asadning muxoliflari Halab, Hama, Homs, Dayr-az-Zor, Daraa kabi yirik shaharlarni egallashdi va Damashqqa yaqinlashdi.