Los-Anjyelesda yonib ketgan kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari - vertolyotdan olingan fotolar

Jahon 10:00 9781

Los-Anjyelesda bir haftadan buyon yong‘inlar davom etmoqda va minglab binolarni yo‘q qilmoqda. O‘t o‘chiruvchilar bir vaqtning o‘zida bir necha yong‘in o‘choqlarida tarqalgan olovni to‘xtata olmayapti, kuchli shamol yong‘in tarqalishini osonlashtirmoqda. Malibu va Santa-Monika o‘rtasidagi shimolroqda joylashgan Pasifik-Paliseyds ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan. Bu tinch hudud — ko‘plab taniqli shaxslar yashaydigan joy hisoblanadi. Yulduzlar evakuatsiya qilishga majbur bo‘lgan, ko‘pchilik millionlab dollarga baholangan uylaridan ayrilgan.

Los-Anjyelesda allaqachon besh mingdan ortiq uy yonib ketdi. Eng ko‘pi — Pasifik-Paliseyds hududida
Mario Tama / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
«Paliseyds» nomini olgan eng katta yong‘in o‘chog‘i keltirgan vayrongarchilik, 2025 yil 9 yanvar
Mark J. Terrill / AP / Scanpix / LETA
Ko‘plab uylardan faqat kaminlarning quvurlari qolgan
David Ryder / Reuters / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi vakillaridan biri yongan uylar orasida, 2025 yil 9 yanvar
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseyds asosan eng badavlat kishilar uchun qurilgan uylardan iborat tinch joy edi. Ser Entoni Hopkins, Mel Gibson, Billi Kristal, Peris Hilton va boshqa ko‘plab mashhur aktyorlar uylarini yo‘qotgan
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseydsda mo‘jiza tufayli omon qolgan uy
Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar uylar xarobalarini tekshirib chiqmoqda, 2025 yil 10 yanvar. Rasman 10 kishi jasadi topilgan, ammo, rasmiylar qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligini tan olishgan
David Ryder / Reuters / Scanpix / LETA
O‘t o‘chirish vertolyotidan turib olingan manzara
Josh Edelson / AFP / Scanpix / LETA
Xarobalar orasida mo‘jiza tufayli omon qolgan boshqa uylar. Yong‘inlar tufayli o‘n minglab kishilar xavfsiz joylarga ko‘chirilgan
David Swanson / AFP / Scanpix / LETA
NBAdagi «Golden Steyt Uoriorz» klubi murabbiyi, bolaligi Pasifik-Paliseydsda, onasining uyida o‘tgan (bu uy hozirda yonib ketgan) Stiv Kerr qachonlardir «ertaknamo shahar» bo‘lgan bu maskanni endi tiklash juda ham qiyin bo‘lishini aytadi. Mahalliy aholining farzandlari o‘qigan Palisades Charter High School maktabi hamda boshqa infratuzilmalar ham vayron bo‘lgan
Josh Edelson / AFP / Scanpix / LETA
Pasifik-Paliseyds ko‘chalari yong‘indan keyin
Allison Dinner / EPA / Scanpix / LETA
Los-Anjyeles uzra ko‘tarilgan tutun
John Locher / AP / Scanpix / LETA
Xabar qilishlaricha, Pasifik-Paliseyds tepaligidagi ko‘plab o‘t o‘chirish gidrantlarida suv bo‘lmagan: ularga suv yetkazib berishi lozim bo‘lgan suv ombori ta’mirlanayotgandi
Mike Blake / Reuters / Scanpix / LETA
Will Rogers State Beach plyaji va yonib ketgan uylarning vertolyotdan ko‘rinishi
Allison Dinner / EPA / Scanpix / LETA
Millionerlarning uylaridan tashqari Pasifik-Paliseyds chekkasidagi ko‘p qavatli binolar joylashgan park ham jabrlangan, 2025 yil 9 yanvar
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: