Putin va Lukashenko xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
Belarus poytaxtida imzolangan hujjat Ittifoq davlatlarini «barcha vositalar», jumladan, yadroviy quroldan foydalanib bo‘lsa ham himoya qilishni nazarda tutadi.

Foto: RIA Novosti
Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko Ittifoq davlati Oliy davlat kengashi majlisi doirasida Rossiya hamda Belarus o‘rtasida xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.
Hujjatni imzolashdan oldin Putin ushbu kelishuv mudofaa, Rossiya va Belarus suvereniteti, mustaqilligi va konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, Ittifoq davlati hududi va tashqi chegarasi yaxlitligi hamda daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni belgilab berishini aytdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu muammolarni hal qilish uchun «mavjud barcha kuch va vositalar» jalb etilishi mumkin. «Gap xususan, Belarus prezidentining taklifiga ko‘ra respublika hududiga joylashtirilgan Rossiyaning taktik yadroviy quroli haqida ham ketmoqda», — deya qo‘shimcha qiladi u.
Lukashenko, shuningdek, shartnoma har ikki davlat fuqarolari uchun ham tinch hayot kafolatini shakllantirish imkonini berishini ta’kidladi.
Shartnomani imzolash marosimi Minskda tashkil etilgan Ittifoq davlati Oliy davlat kengashi majlisidan keyin o‘tkazildi. Vladimir Putin 6 dekabr kuni Belarus poytaxtiga tashrif buyurgan. Majslis avvalida Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich endi Aleksandr Lukashenkoda ham xuddi Vladimir Putindagi kabi «qizil tugma» borligini ma’lum qilgandi.
Noyabr oyida Putin Rossiya yadroviy doktrinasini tasdiqlagan edi. Ko‘p o‘tmay AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya hududiga uzoq masofaga mo‘ljallangan ATACMS raketalari yordamida zarba yo‘llashga ruxsat berdi.
Yangilangan doktrinaga ko‘ra, «yadroviy davlat ko‘magida har qanday yadroviy bo‘lmagan davlat tomonidan Rossiya Federatsiyasi va uning ittifoqchilariga tajovuz qilish», shuningdek yadroviy bo‘lmagan vositalar, shu jumladan dronlar bilan ommaviy havo hujumi uyushtirish yadroviy zarba uchun asos bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar
Jahon | 23:44 / 30.04.2025
-
Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda
Jahon | 23:15 / 30.04.2025
-
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 22:33 / 30.04.2025
-
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi
Jahon | 22:31 / 30.04.2025
Mavzuga oid

21:28 / 30.04.2025
Lavrov Putinning 9 may sulhi bo‘yicha taklifini «bevosita muzokaralar boshlanishi» deb atadi

15:03 / 30.04.2025
AQSh Yevropaga Putin bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ma’lum qildi

10:00 / 30.04.2025
Putin Belarusning dronlar uchun zavod qurishga tayyorligini ma’lum qildi

20:48 / 29.04.2025