Sun’iy yo‘ldoshli Vega-C raketasi Kuru kosmodromidan uchirildi

Jahon 08:32 / 06.12.2024 3288

Copernicus - Yevropa Ittifoqining Yerni kuzatish bo‘yicha eng muhim dasturi uchun Sentinel-1C sun’iy yo‘ldoshiga ega Vega-C raketa tashuvchisi debyut tijorat missiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan 2022 yil dekabridan beri birinchi marta Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uchirildi. 5 dekabr, payshanba kuni uchirish Yevropaning Arianespace kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Gviana kosmik markazining dispetcherlik xonasida poligon operatsiyalari menejeri Jan-Frederik Alasa: «Bortdagi parametrlar normal», dedi.

«Italiya va Yevropa uchun muhim kun. Vega-C qaytib keldi», — deya Italiyaning ASI kosmik agentligi rahbari Teodoro Valente so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters. ASI Vega dasturining asosiy ishtirokchisi hisoblanadi.

SpaceX bilan raqobat

Yevropa Amerikaning Ilon Maskka tegishli SpaceX xususiy kompaniyasining shiddatli raqobatiga dosh berishga majbur, deya eslatadi Reuters.

Ikki yil avval Pleiades Neo 5 va Pleiades Neo 6 masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlari dvigatel ishdan chiqqani sababli orbitaga chiqarilmagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: