Issiqlik va issiq suv tariflari 2025 yilda ikki marta oshadi

O‘zbekiston 16:07 / 06.12.2024 6406

Issiqlik va issiq suv tariflari 2025 yil davomida 2 marotaba oshiriladi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda viloyatlarda bir marotaba, poytaxtda esa ikki marotaba tarif narxlari oshirilgan. Keyingi yildan esa tariflar viloyatlarda ham ikki marotaba oshiriladi.

«To‘lov tizimlari bo‘yicha Koreya va qo‘shni davlatlar tajribasini o‘rganib chiqdik. Ko‘pchilikda uyda yashamasam, issiqlikka to‘laymanmi yoki to‘lamaymanmi, degan savol tug‘iladi. Koreyada uyning minimal issiqligini saqlab turish uchun abonent to‘lovi olinadi. Biz tarif siyosatini to‘g‘ri yuritsak, shunda narxlarning oshishi yoki oshmasligi hal bo‘ladi», dedi u.

To‘rayevning ta’kidlashicha, to‘lovlarni davlat tomonidan qoplab berishda juda katta subsidiya bor. Subsidiyadan qutilish va tizimni yangilash uchun narxlar qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Uning qo‘shimcha qilishicha, 2025 yilda tariflar ikki marta — o‘n besh foizdan oshishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: