Ilmiy izlanish natijalari Molecular Psychiatry jurnalida e’lon qilindi. Olimlarning aniqlashicha, shizofreniya va autizm bilan bog‘liq kasalliklar guruhi miya hajmining qisqarishiga olib keladi. Tbx1 geni olib tashlangan laboratoriya sichqonlarining miyasi va ijtimoiy xulq-atvorini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribada shunday xulosaga kelindi. Bu gendan mahrum bo‘lgan sichqonlar miyasida ma’lumotlarni qayta ishlash juda sekin kechgan.
Tadqiqotchilar ruhiy buzilishlarning miyaga ta’sirini baholash uchun ikkita testdan foydalandi: fazoviy xotira sifatini aniqlashda Morris labirinti, diqqatni tez o‘zgartirish qobiliyatini tekshirishda yana bir test o‘tkazildi. Ikkinchi test yordamida kognitiv moslashuvchanlik, ya’ni tirik mavjudotning bir vazifadan boshqasiga tezda o‘tish qobiliyati tekshiriladi, bu esa qaror qabul qilish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Tbx1 geni yetishmaydigan tajriba sichqonlari sog‘lom sichqonlarga nisbatan ancha past natijalar ko‘rsatdi. Biologlar ushbu gensiz sichqonlarda bodomsimon bez va uning atrofidagi miya po‘stlog‘i hajmi kichrayganini aniqladi. Miyadagi bodomsimon bez tirik mavjudotlarning hissiy xulq-atvorini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Bez hajmining kichikligi individning to‘laqonli ijtimoiy faoliyati va faolligiga to‘sqinlik qiladi.
Avvalgi tadqiqotda bolalikdagi qiyinchiliklar miyaning rivojlanishini sekinlashtirishi ma’lum bo‘lgandi. Erta yoshda boshdan kechirilgan salbiy tajribalar insonning ruhiy salomatligi va farovonligiga ta’sir o‘tkazib, chuqur iz qoldirishi mumkin.