Uchrashuv O‘zbekiston prezidentining "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash va mehnat migratsiyasi sohasidagi ishlarni yanada faollashtirish, fuqarolarni xorijda munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Ish beruvchi korxona faoliyati, xorijiy ishchilar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar, oylik maoshlari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi. Korxonaning istiqboldagi rejalari va 100 nafar ishchiga ehtiyoj borligi ma’lum qilindi.
Bosh konsulxona xodimlari, o‘z navbatida, Rossiya tomonini O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamkor davlatlar va mehnat migrantlari uchun yaratib berilayotgan imtiyozlar bilan tanishtirdilar.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida mehnat migrantlarini qonuniy tarzda jalb etish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.