Mamlakat nomidan mazkur xalqaro shartnomani O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov imzoladi.
Konferensiyada BIMTga a’zo 193 ta mamlakat ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro shartnoma Haaga bitimining Jyeneva akti bilan tartibga solinmagan protsessual qoidalarni o‘z ichiga olib, uning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilish milliy sanoat namunalarini chet el davlatlarida ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtiradi. Shuningdek, sanoat namunasini ro‘yxatga olish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga moslashtirish imkoniyati vujudga keladi.