Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va bo‘limi boshlig‘i lavozimi tugatiladi

O‘zbekiston 15:10 / 03.12.2024 13620

“Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuzilmalariga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimi;
  • tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tuzilmalariga – hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimi kiritiladi.

Bungacha hokimlarning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasidagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘i lavozimlari alohida-alohida edi.

Yangi qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasidagi bu lavozim qisqartirilib, bo‘shagan shtatlarga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodim lavozimi joriy etiladi.

Hokim o‘rinbosarlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilishga mas’ul bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: