Bugungi kunda ta’lim global darajada rivojlanmoqda. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (TKXU) bu yo‘nalishda faol harakat qilib, talabalari uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Universitet delegatsiyasining Ispaniya va Portugaliyaga yaqinda uyushtirgan tashrifi xalqaro maydonda o‘z pozitsiyasini mustahkamlagan muhim voqea bo‘ldi.
Bu safar davomida erishilgan asosiy yutuqlardan biri Real Madrid jamg‘armasi bilan imzolangan kelishuvdir. Ushbu kelishuv natijasida TKXU qaramog‘idagi VOSIQ maktablarida mashhur futbol klubining sport markazlari ochilishi kutilmoqda. U yerda o‘quvchilar nafaqat sport mahoratini oshirish, balki liderlik qobiliyati, intizom va jamoaviy ruhni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu sifatlar faqat sportda emas, hayotda ham muvaffaqiyatga erishishda muhim o‘rin tutadi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sischisi, professor Alisher Vahobov boshchiligidagi guruh Madrid shahrida joylashgan San Pablo CEU universitetining Monteprinsep kampusida o‘quv jarayonlari bilan tanishdi. Ushbu kampusda muhandislik, qurilish, tibbiyot va farmatsevtika maktablari joylashgan.
Doktor Paola Otero Gomez boshchiligidagi universitet jamoasi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillarini kampusdagi o‘quv laboratoriyalari, loyihalar, dars jarayonlari bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, tomonlar tibbiyot, arxitektura, qurilish kabi ta’lim yo‘nalishlarida talabalar almashinuvini amalga oshirish, qo‘shma dasturlar tashkil etish hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, TKXU delegatsiyasi Kataloniya xalqaro universiteti (UOC) bilan hamkorlik shartnomasini imzolashi kutilmoqda. Mazkur kelishuvlar talabalar uchun ikki tomonlama diplom dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. Bakalavr bosqichida «2+2» va «3+1» formatlaridagi, magistratura bosqichida esa «1+1» formatidagi dasturlar taklif etiladi. Bu talabalar uchun O‘zbekistonda olgan ta’limini xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi.
UOC universitetida pedagogika, muhandislik, biznes va arxitektura yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama diplom dasturlari mavjud bo‘lib, bu bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshiradi.
Yevropa bilan hamkorlik shu bilan cheklanib qolmadi. Tashrifning muhim qismlaridan biri Edibon International kompaniyasiga uyushtirildi. Bu kompaniya zamonaviy laboratoriya uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha toplardan biri sanaladi. Hamkorlik doirasida TKXU o‘z laboratoriyalarini jahon standartlariga mos uskunalar bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Bu talabalarga zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash imkoniyatini beradi va muhandislik hamda energetika sohalarida global mutaxassisga aylanishlari uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Delegatsiyaning oxirgi manzili Portugaliya bo‘lib, u yerda Nova universiteti o‘zining Executive MBA dasturlarini taklif qildi. Bu kurslar kelajakdagi biznes menejerlar uchun strategik boshqaruvni o‘rganish va uni amaliyotga tadbiq qilish imkonini beradi. Bugungi tez o‘zgaruvchan global bozor sharoitida bunday bilimlar juda qimmatlidir.
Shuningdek, har ikki universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu hamkorlik talabalar uchun xalqaro ta’lim tajribasi va zamonaviy bilimlarni egallash imkonini kengaytiradi.
TKXUning bu yo‘ldagi har bir qadami talabalarni muvaffaqiyatli kelajakka yaqinlashtirmoqda. Universitet o‘z bitiruvchilari xalqaro maydonda raqobatlasha olishi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda. Bir vaqtning o‘zida talabalar o‘z yurti va uning qadriyatlariga sodiqligini saqlab qoladi. TKXU barcha xohlovchilarni ushbu global ta’lim inqilobining bir qismi bo‘lishga va bilim va muvaffaqiyat chegarasiz dunyoda o‘z kelajagini qurishga taklif qiladi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari Ispaniyaga safari davomida mamlakatning tibbiyot sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri HM Hospitals rahbariyati bilan uchrashdi.
HM Hospital Ispaniya bo‘ylab 50 dan ortiq shifoxona, ilmiy tadqiqot institutlari va o‘z universitetga ega bo‘lib, uning faoliyati Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Tibbiyot maktabida mavjud barcha ta’lim yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Talabalar uchun mavjud yo‘nalishlar:
- davolash ishi
- pediatriya
- stomatologiya
- oliy ma’lumotli hamshiralik yo‘nalishlariga mos amaliyotlar tashkil etish, o‘qituvchi-professorlar malakasini oshirish imkoniyatlari bilan bir qatorda Bio-injyeniring yo‘nalishida qo‘shma dasturlar ochishga kelishib olindi.
Shu bilan birga Kimyo University Hospital imkoniyatlar foydalangan holda, hamkorlikda bemorlarni qabul qilish, davolash va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.
Turizm yo‘nalishi talabalari uchun yangi imkoniyatlar ochildi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti delegatsiyasi Madridda joylashgan Gastronomiya va turizm oliy maktabi rahbariyati bilan uchrashdi.
Mazkur maktab turizm va xizmat ko‘rsatish sohasiga malakali kadrlar yetkazib beruvchi Ispaniyaning ilg‘or oliy maktabi hisoblanib, darslar dual tartibda, amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘tadi.
Talabalar amaliyoti Oliy maktab qaramog‘idagi restoran va mehmonxonalar bilan bir qator jahonning mashhur tarmoqlarida tashkil etiladi.
Talabalar yozgi amaliyotini Oliy maktab bilan hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Telefon: (+998) 78-129-40-40.
Manzil: Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy.
Reklama huquqi asosida