O‘zbekistonning Al-Kuvaytdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida o‘zbek kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlarini Kuvaytga eksportini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Unique Goods Import & Export kompaniyasi rahbari Suad al-Mahri Kuvayt bozoriga kirishda talab etiladigan jihatlar, asosiy raqobatchilar va mamlakat iqlim sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalarini yuborish va eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.