Rossiyada migrant o‘quvchilarning rus tilidan bilimlari sinovdan o‘tkazildi

Jahon 20:49 / 28.11.2024 2055

Oktyabr oyida Rossiya maktablarida o‘tkazilgan rus tili imtihonidan migrant bolalarning 58 foizdan ortig‘i muvaffaqiyatli o‘tdi, 23 foizdan ortig‘i rus tilini o‘rganishda qiyinchiliklarga duch keldi, deyarli 18 foizi tilni yomon biladi yoki umuman bilmaydi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Test voyaga yetmagan xorijiy fuqarolarning Rossiya umumta’lim tizimiga integratsiyalashuvini monitoring qilish doirasida bo‘lib o‘tdi.

Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida 154,8 ming nafar bola til diagnostikasidan o‘tkazildi, bu Rossiyaning barcha darajadagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan migrant bolalar umumiy sonining 74,4 foizini tashkil etadi.

Monitoring Rossiyaning barcha hududlarida o‘tkazildi. Bunday diagnostikani o‘tkazish imkoniyati Ta’lim vazirligining buyrug‘i kuchga kirganidan keyin 2023 yilda paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, maktablar tegishli diagnostikadan so‘ng, rus tilini yaxshi bilmaydiganlar uchun qo‘shimcha o‘qitishni tashkil etish huquqini oldi. Bunday til testini o‘tkazish tartibi maktab tomonidan belgilanadi.

Diagnostika o‘tkazish uchun maxsus materiallar ishlab chiqilgan. Ular ilk bor 2023 yilda nashr etilgan, biroq vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, sinovdan so‘ng diagnostika materiallari joriy yilning oktyabr oyida qayta ko‘rib chiqilib, yangilangan.

Ko‘proq yangiliklar: