Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi - Putin

Jahon 16:11 5433

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini ko‘paytirish rejalarini ma’lum qildi.

27 noyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya-Qozog‘iston muzokaralari yakunida Putin bu haqda ma’lum qildi.

«Kun tartibida Qozog‘istonda uchta yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish masalasi turibdi. «Gazprom» Qozog‘iston iste’molchilarini uzluksiz gaz bilan ta’minlaydi va Orenburg gaz-kimyo majmuasida Karachaganak konidan yoqilg‘ini qayta ishlaydi. O‘tgan yildan boshlab esa Rossiya gazi Qozog‘iston hududi orqali qo‘shni O‘zbekistonga yetkazilmoqda va biz bunday ta’minotni oshiramiz», dedi Putin.

Rossiya 2023 yil oktyabr oyidan boshlab Qozog‘iston hududi orqali «Markaziy Osiyo — Markaz» quvuri orqali O‘zbekistonga tabiiy gazni import qilmoqda. Rossiya gazi ta’minotini oshirish uchun Qozog‘iston magistral gaz tizimini modernizatsiya qilish maqsadida 500 million dollar sarmoya kiritish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: