Rossiya Mudofaa vazirligi ATACMS bilan Kursk aerodromiga zarba berilganini tasdiqladi

Jahon 07:51 8747

Rossiya Mudofaa vazirligi ATACMS uzoq masofali ballistik-taktik raketasi Kurskdan 7 kilometr uzoqlikda joylashgan Kursk-Vostochniy aerodromiga kelib urilganini tasdiqladi. Mudofaa vazirligining 26 noyabr, seshanba kuni e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, uch kun ichida Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) uzoq masofali G‘arb qurollari bilan Kursk oblastidagi nishonlarga ikkita zarba berdi.

«Javob tayyorlanmoqda»

Shunday qilib, 25 noyabr kuni Kursk-Vostochniy aerodromiga sakkizta ATACMS raketalari tomonidan zarba berildi, yettitasi S-400 ZRT va «Pansir» KZRK jangovar birliklari tomonidan urib tushirildi, bittasi nishonga yetdi, deya ma’lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi. Parchalar qulashi natijasida ikki harbiy xizmatchi «yengil jarohatlangan va infratuzilma obektlari yengil shikastlangan», deyiladi idorada.

Avvalroq, 23 noyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari Kurskdan 37 km shimoli-g‘arbda joylashgan Lotarevka hududida S-400 zenit-raketa diviziyasi pozitsiyasiga beshta ATACMS raketasi bilan zarba bergan edi. Uchtasi «Pansir» KZRK tomonidan yo‘q qilindi, ikkitasi o‘z maqsadiga yetdi, radar stansiyasi shikastlangan, xodimlar orasida qurbonlar bo‘lgan.

«Javob choralari tayyorlanmoqda», deya ma’lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Reuters: Putin hududlar bo‘yicha jiddiy yon bosishga yo‘l qo‘ymaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishga tayyor, biroq jiddiy hududiy yon bosishni istamaydi va Kiyev NATOga kirish ambitsiyalaridan voz kechishi kerakligini ta’kidlamoqda. Bu haqda 20 noyabr kuni Kremldagi muhokamalardan xabardor besh manbaga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Rossiyaning amaldagi va sobiq rasmiylari Kreml, umuman olganda, front chizig‘ida urushni muzlatishga rozi bo‘lishi mumkinligini aytishdi.

Ko‘proq yangiliklar: