Masdar bilan quvvati 1 GVt bo‘lgan Mingbuloq ShESni qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Iqtisodiyot 15:31 773

Ma’lum qilinishicha, kelishuv Bokuda bo‘lib o‘tgan COR29 tadbirlari doirasida imzolangan.

"Yangi shamol elektr stansiyasi qurilish vaqtida 1000 ta, foydalanish davrida esa 60 ta ish o‘rni yaratiladi va qurib bitkazilgandan so‘ng viloyatdagi 300 ming xonadon toza energiya bilan ta’minlanadi. Bitim Masdar va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlaydi hamda mamlakatda uchta shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kengroq strategiyaning birinchi bosqichini belgilaydi", –deb yozadi Prnewswire.

Nashrda o‘tgan yili Masdar O‘zbekistonda 2 GVt quvvatga ega yangi shamol loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolagani va Mingbuloq shamol elektr stansiyasidan tashqari kompaniya tarkibiga yana ikkita obekt – Qoraqalpog‘istondagi Akpetki va Navoiy viloyatidagi Buzaubay kirishi ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl bin Muhammad al-Mazrui BAA va O‘zbekiston barqaror rivojlanish hamda qayta tiklanadigan energiyaga doir o‘xshash qarashlarga ega ekanligini va bu hamkorlik O‘zbekistonda, shuningdek, xorijda nol chiqindilar bilan toza energiyani rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Yangi shamol elektr stansiyasi loyihasi O‘zbekistonning qayta tiklanadigan energiya manbalari portfeli o‘sishiga hissa qo‘shadi.

Ko‘proq yangiliklar: