Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi faoliyatini yakunladi

O‘zbekiston 19:12 684

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlayotgan Italiya elchisini qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegramʼdagi kanalida yozib qoldirdi.

Qayd etilishicha, Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazilgan.

«Dinamik iqtisodiy hamkorlik, yangi investitsiyaviy loyihalar, tadbirkorlar o‘rtasidagi yaqin aloqalar va muntazam siyosiy uchrashuvlar strategik sherikligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Janob elchiga mamlakatimizda fidokorona xizmatlari uchun Tashqi ishlar vazirligi nomidan minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz», — deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Agostino Pinna 2020 yildan beri Italiyaning mamlakatdagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov Niderlandiyada ham elchi etib tayinlangan va ushbu davlat Tashqi ishlar vazirligining Protokol va qabul qiluvchi mamlakat bilan aloqalar departamenti direktoriga ishonch yorliqlari nusxasini topshirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: