Yadro fizikasi institutida AEXA hamkorlik markazi tashkil etiladi

O‘zbekiston 13:27 / 25.11.2024 970

Dunyoning 80 dan ortiq davlatidan 300 ga yaqin ekspert ishtirok etgan mazkur anjuman ekspertlar tadqiqot reaktorlaridan xavfsiz va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tajriba almashadigan eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Anjumanda ta’kidlanganidek, bugungi kunda dunyoning 54 davlatida 227 ta yadroviy tadqiqot reaktorlaridan ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va kadrlar tayyorlash, shuningdek, sanoat, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda qo‘llash uchun muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.

Konferensiyada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti mutaxassislari VVR-SM reaktorining ishlashi, reaktorning muddati o‘tishini boshqarish, ishlab chiqarish jarayonida radiatsiyaviy holatni monitoring qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan va qo‘llanayotgan dasturlar bo‘yicha ma’ruzalar tingladilar.

Shuningdek, delegatsiya qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Yadro fizikasi instituti va Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning (AEXA) turli bo‘limlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, dekabr oyida Toshkent shahrida tadqiqot reaktorlarining muddati o‘tishini boshqarish bo‘yicha AEXAning mintaqaviy o‘quv kursini o‘tkazish bo‘yicha ish rejasi va dasturi kelishib olindi. Shuningdek, Yadro reaktorlarining uzoq muddatli xavfsiz ishlashi strategiyasi va asosiy elementlari haqida kompleks audit o‘tkazishga qaratilgan agentlik ekspert missiyasini Yadro fizikasi institutiga yuborish bo‘yicha ahdlashildi.

Muzokaralar chog‘ida, shuningdek, Yadro fizikasi institutida AEXA hamkorlik markazini tashkil etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: