Toshkentda Epica va Spark to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
Mirzo Ulug‘bek tumanida Epica va Spark avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi.
Poytaxt FVB qayd etishicha, holat 24 noyabr kuni soat 23:58 da tumanning Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 00:03 da yetib borib, u soat 00:07 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

10:23
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025