Tadbirda O‘zbekistonning Shanghaydagi Bosh konsulxonasi vakillari, Uzbekistan Airways AJning Pekindagi vakolatxonasi mas’ul xodimlari, ushbu provinsiya Xalq hukumati tashqi ishlar boshqarmasi, Hangjou xalqaro aeroporti ma’muriyati rahbariyati va vatandoshlar ishtirok etdi.
Yangi reys haftada bir marta, har yakshanba kuni Toshkentdan soat 12:40 da uchadi va Hangjouga soat 22:00 da yetib keladi. Hangjoudan qaytish reysi soat 23:30 da uchadi va soat 04:10 da Toshkentga qo‘nadi.
Partiya qo‘mitasi a’zosi, Xalq hukumati tashqi ishlar boshqarmasi direktori o‘rinbosari va Jejiang provinsiyasi xorijiy davlatlar bilan do‘stlik assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Sin Hoydongning aytishicha, O‘zbekiston Chjetszyan provinsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-humanitar loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan birinchi davlatlardan biri hisoblanadi.
Hangjou xalqaro aeroporti Sharqiy Xitoyda 2-o‘rinda, mamlakatdagi eng yaxshi 10 ta aeroportdan biri va dunyodagi eng yirik 100 ta aeroport qatorida qayd etiladi. Ushbu aeroport 2019 yilda dunyodagi eng gavjum aeroportlardan biri sifatida e’tirof etilgan. 2024 yil oxirida yo‘lovchi tashish hajmi 48 million kishidan oshishi kutilmoqda.