Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda

Jahon 23:13 / 25.11.2024 770

Shimoliy Koreya qurol, jumladan, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanayotgan qisqa masofaga uchadigan raketalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi zavodini kengaytirmoqda. Bu haqda sun’iy yo‘ldoshlardan olingan suratlar tahliliga tayanib, Reuters xabar berdi. Gap aholi soni bo‘yicha mamlakatda ikkinchi o‘rinda turadigan Xamxun shahridagi «Ryonson» mashinasozlik majmuasida joylashgan zavod haqida ketmoqda.

Jyeyms Martin nomidagi Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikni tadqiq qilish markazining ilmiy xodimi Sem Lerning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu zavod Rossiya qo‘shinlari Ukrainani o‘qqa tutishda foydalanayotgan Hwasong-11 qattiq yoqilg‘ili ballistik raketalari ishlab chiqariladigan yagona joy hisoblanadi.

Foto: Planet Labs PBC/Handout via REUTERS

Planet Labs kompaniyasi tomonidan oktyabr boshida olingan sun’iy yo‘ldosh suratlari tahlili yangi yig‘ish binosi va zavod xodimlari uchun turar joy majmuasi qurilayotganidan dalolat bermoqda. Shuningdek, korxonaning yerosti maydonlariga kirish ham tozalanayotgani ko‘ringan. Yangi bino o‘lchami raketalarni yig‘ishda foydalaniladigan oldingi binoning taxminan 60-70 foizini tashkil etadi.

Iyul oyida Vladimir Putin KXDRga tashrif buyurib, Kim Chen In bilan har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga KNsfdsfs modelli 194 ballistik raketani taqdim etgan bo‘lib, ularning 60 ga yaqini Ukraina hududi tomon uchirilgan.

Raketa bo‘laklarini o‘rgangan ekspertlar uning ayrim qismlari 2023 yilda ishlab chiqarilganini aniqlagan. Kiyevdagi Harbiy-tadqiqot laboratorisiyas boshlig‘i Andrey Kulchinskiyga ko‘ra, mazkur raketalarning asosiy elektroniki qismi xorijda ishlab chiqarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: