Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma yuz berdi

Jahon 15:52 760

24 noyabr, yakshanba kuni Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yaqinida sodir bo‘lgan otishmada uch nafar xavfsizlik xizmati xodimi yaralandi, deb yozadi Reuters. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Iordaniyaning Petra axborot agentligiga ko‘ra, hujumchi Ammanning Rabia tumanida politsiya patruliga qarata o‘q uzgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari javob o‘qi uzgan, natijada jinoyatchi o‘ldirilgan. Politsiya Ammandagi otishma sodir bo‘lgan Rabia hududini o‘rab oldi va mahalliy aholini uylarini tark etmaslikka chaqirdi.

G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri Isroilning dunyo bo‘ylab diplomatik vakolatxonalari bir necha bor hujumga uchragan. Shunday qilib, oktyabr oyida Daniya va Shvetsiyada Isroil elchixonalari yaqinida portlash va otishmalar sodir bo‘ldi. Sentyabr oyida Myunxendagi Isroil bosh konsulligi yaqinida otishma sodir bo‘lgan edi. Iyun oyida erkak kishi Isroilning Belgraddagi elchixonasini qo‘riqlayotgan serb politsiyachisiga qarata arbaletdan o‘q uzgan.

Ko‘proq yangiliklar: