Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pistorius: Hamkorlar bilan Kiyevga yordamni oshirishni muhokama qilmoqdamiz
Germaniya Yevropadagi hamkorlari bilan AQShdagi saylovlardan keyin Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni qanday kuchaytirish va unga o‘zini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani berishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevda aytib o‘tdi.

Boris Pistorius Foto: AFP
Germaniya Polsha, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniyadan iborat "beshlik guruhi" bo‘yicha hamkorlari bilan AQShdagi prezidentlik saylovlaridan keyin Ukrainaga harbiy yordamni qanday oshirishni muhokama qilmoqda. Bu haqda 14 yanvar, seshanba kuni Kiyevda Ukraina rahbariyati bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ma’lum qildi.
«Beshlik guruhi»ni yaratish tashabbusi o‘tgan yilning noyabrida, AQShdagi prezidentlik saylovlaridan so‘ng boshlangan edi. Men rojdestvo arafasida hamkasblarimni Berlinga taklif qildim, - dedi Pistorius DW muxbirining savoliga javoban. - Vashingtondagi saylov natijalaridan qanday xulosalar chiqarishimiz kerakligi haqidagi birinchi uchrashuvimiz, avvalambor, bu Yevropa xavfsizligini ta’minlash uchun kelajakdagi mudofaa xarajatlari nuqtayi nazaridan muhim edi. Urushdan keyingi vaziyatni hisobga olgan holda ittifoqchilarimiz imkoniyatlarini, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimizni qanday kuchaytirishimiz muhokama qilindi».
«Bu yo‘lda biz muhokama qilmoqdamiz va dastlabki qarorlarni qabul qilmoqdamiz, bu ish Parijda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilish ("beshlik guruhi" mudofaa vazirlari) arafasida davom etmoqda», — davom etdi Boris Pistorius. Muhokamaning asosiy yo‘nalishlari qatorida u Ukrainadagi mudofaa qo‘shma korxonalari imkoniyatlarini kengaytirish, Yevropa davlatlari va Ukraina o‘rtasidagi hamkorlik darajasini oshirish, bir-biridan ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishni qayd etdi. Maqsad «Ukrainaga kerakli yordamni berish uchun bundan keyin nima qilish kerakligini aniqlash», dedi Germaniya mudofaa vaziri.
Zelenskiy: Bugun Ukrainani himoya qilishni istamaganlar ertaga o‘zini qanday himoya qilish haqida o‘ylaydi
Xuddi shu matbuot anjumani chog‘ida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy DW'ning Germaniyada bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari parlament saylovlari oldidan «Germaniya uchun muqobil» o‘ng populistik partiyasi 20 foizdan ko‘proq ovoz bilan ikkinchi o‘rinda turganidan xavotirdami yoki yo‘qmi, degan savoliga shunday javob qaytardi: «Bilasizmi, ritorikaga qaramay... Yevropada ham, AQShda ham ko‘pchilik Ukraina faqatgina o‘zini himoya qilmayapti, degan fikrda».
«Biz (umumiy) qadriyatlarni himoya qilmoqdamiz, Yevropa, demokratiya va erkinlikni himoya qilmoqdamiz, - dedi Zelenskiy. - Bizning harbiylarimiz o‘z o‘rnidan qat’i nazar, hammani himoya qilmoqda. Menimcha, bugun Ukrainani himoya qilishni istamagan har bir kishi ertaga o‘zini qanday himoya qilish haqida o‘ylashi kerak».
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
-
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Jamiyat | 13:11
-
Yo‘l harakatiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 12:22
-
Enrike o‘yindan keyingi janjalga aralashdi va raqib futbolchisini urib yiqitdi
Sport | 12:14
Mavzuga oid

10:27
Tramp Ukrainaga Patriot komplekslari yetkazib berilishini e’lon qildi

16:42 / 13.07.2025
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?

12:59 / 13.07.2025
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda

23:38 / 12.07.2025