Hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lum qilindi

O‘zbekiston 11:20 / 25.11.2024 28191

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida havo iliq bo‘ladi. 

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 25-27 noyabr kunlari harorat kechalari asosan +2...+7, kunduz kunlari +15...+20, janubda kechalari +7...+12, kunduz kunlari +17...+22 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari -2...-7, kunduz kunlari esa +7...+12 darajadan oshmaydi.

Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida 26 noyabr kuni kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi boshlanadi.

28-29 noyabrda respublikaning aksariyat viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va 28 noyabrda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

Yomg‘ir yog‘ishi iliq ob-havoda kuzatiladi, 28 noyabrda harorat kechasi +7...+10, kunduzi +17...+20 daraja atrofida bo‘ladi. 29 noyabrda haroratning pasayishi boshlanadi, kunduz kungi harorat +10...+13 darajani tashkil etadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

28 noyabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida, 28-29 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Poytaxtda: 25-28 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari asosan +4...+7, 28 noyabrda +7...+10, kunduz kunlari +17...+20 daraja bo‘ladi.

29 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi +7...+10, kunduzi +10...+13 daraja bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

Ko‘proq yangiliklar: