26 noyabr kuni harorat 22 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston 11:46 / 25.11.2024 1810

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+5, kunduzi +15...+17 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...+4, kunduzi +9...+14 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi +15...+20; cho‘l hududlarda kechasi -3...+2, kunduzi +11...+16 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...+4, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: