O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasiga Belgiya tajribasi joriy etiladi

O‘zbekiston 14:59 347

Tashrif doirasida provinsiya gubernatori Denis Maten, Siney qishloq xo‘jalik maktabi va Namyur mehmonxona maktabi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston viloyatlari bilan Namyur provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mamlakatga qishloq xo‘jaligi ta’limi va turizm sohasiga zamonaviy Belgiya tajribasini joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha hududlararo aloqalarni kengaytirish, Namyur mehmonxona maktabi va Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni aniqlash maqsadida o‘zbekistonlik va belgiyalik mutaxassislar o‘rtasida alohida uchrashuv tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: