Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasi boshlandi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi. Sessiya MDH mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, qonun ijodkorligi sohasidagi tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim platforma hisoblanadi.
Sessiyada xalqaro kuzatuvchilarining saylov jarayonlarini monitoring qilishdagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
«Ushbu tadbirda MDH davlatlari PA Kengashi a’zolari tomonidan respublikamizda o‘tgan siyosiy tadbir — parlament saylovining demokratik tamoyillariga to‘laqonli mos ravishda shaffof va adolatli o‘tkazilganligi e’tirof etildi. Ayniqsa, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani – mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi alohida qayd etildi», deb yozdi Tanzila Norboyeva.