GSDP yana Olaf Shols nomzodini GFR kansleri lavozimiga taklif qiladi

Jahon 10:01 978

Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Shols 2025 yil boshiga rejalashtirilgan Bundestagga navbatdan tashqari saylovlarda Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan (GSDP) hukumat rahbari lavozimiga nomzod bo‘ladi. Bu haqda partiya raisi Lars Klingbayl 21 noyabr, payshanba kuni kechqurun Berlinda aytib o‘tdi.

«Biz dushanba kuni (25 noyabr) hokimiyatda (GSDP partiyasi rahbariyati) tezda hamma narsaga oydinlik kiritamiz, — deydi Klingbayl. — Biz Olaf Shols bilan birgalikda keyingi saylovga kirishmoqchimiz».

Mudofaa vaziri Pistoriusning kanslerlikka nomzodini qo‘yishdan bosh tortishi

21 noyabr kuni ertalab Olaf Sholsning partiyadoshi, Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniya hukumati rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surmasligini ma’lum qilgandi. Uning murojaati Germaniya sotsial-demokratik partiyasining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan.

Pistorius kansler lavozimiga nomzodini ilgari surmaslik haqidagi qarorni o‘zi qabul qilganini tushuntirdi. Ushbu lavozim uchun kurashda u Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Sholsni qo‘llab-quvvatladi. «Olaf Shols — kuchli kansler va u kansler lavozimiga to‘g‘ri nomzod», deb tushuntirdi Germaniya mudofaa vaziri. Shols, uning fikricha, «aql va ehtiyotkorlik tarafdori», bu ayniqsa hozirgi kabi inqiroz davrida muhim.

Nemis «yashillari» Habekni kansler lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi

Germaniyaning «Ittifoq-90»/«yashillar» partiyasi 23 fevralda bo‘lib o‘tadigan Bundestagga navbatdan tashqari saylovlarda Germaniya vitse-kansleri va iqtisodiyot vaziri Robert Habekni rasman federal kansler lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Uning nomzodini 17 noyabr, yakshanba kuni Visbadenda bo‘lib o‘tgan federal partiya qurultoyida ishtirokchilarning 96,5 foizi qo‘llab-quvvatladi.

Ovoz berishdan oldin so‘zga chiqqan 55 yoshli Habek o‘tgan yillarda to‘plagan tajribasiga tayanib, mas’ul lavozimni egallashni xohlashini ta’kidladi. Avvalo, u «Germaniya xalqi uchun»mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmoqchi. U, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va populizmning kuchayishi bilan bog‘liq muammolarga ishora qildi va siyosiy spektr markazida ittifoq tuzishga tayyor bo‘lishga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: