Osiyoda 2026 yilgi jahon chempionati hal qiluvchi saralash bosqich 6-tur o‘yinlaridan keyin We Global Football portali milliy jamoalarning okean ortidagi turnirga borish imkoniyati foizlarini yangiladi. KXDR ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng O‘zbekistonning mundialda ishtirok etish imkoniyati oshirilgan.
O‘zbekiston milliy jamoasining 4-turda Birlashgan Arab Amirliklari ustidan qozongan g‘alabasidan (1:0) keyin A guruhidan JCh-2026 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish imkoniyati 93,1 foizga ko‘tarilgan, Qatardan uchralgan mag‘lubiyatlan keyin esa Srechko Katanets shogirdlarining imkoniyati 93,1 foizdan 84,8 %ga pasaytirilgandi. Shimoliy Koreya ustidan g‘alabadan (1:0) keyin esa statistik portal O‘zbekistonning mundialga chiqish imkoniyatini 86,7 foizga oshirgan.
Mamlakatimiz milliy jamoasi mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun da’vogarlar orasida hamon Yaponiya, Eron va Janubiy Koreyadan keyingi 4-o‘rindan joy olgan.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy jamoasining 3-turda Eron bilan durang (0:0) qayd etganidan keyin A guruhidan JCh-2026 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyati 75,9 foizdan 82,8 foizga ko‘tarilgan edi. 2-turda Qirg‘iziston ustidan erishilgan g‘alabadan (3:2) keyin O‘zbekistonning imkoniyati 70,3 foizdan 75,9 foizga ko‘tarilgan, JCh-2026ga chiqa olmaslik imkoniyati esa 1 foizdan 0,4 foizgacha pasaytirilgan edi.
A guruhidan Eronning JCh-2026ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri borish imkoniyati eng yuqori baholangan – 99,6%. Portal Osiyodan Yaponiya JCh-2026 masalasini amalda hal qilgan deb hisoblamoqda – 100 foiz.
Osiyo milliy jamoalarining 6-turdan keyin JCh-2026ga borish imkoniyatlari (We Global Football talqini):
1. Yaponiya – 100% (5-turdan keyin – 99.9 % edi)
2. Eron – 99.6% (99.4 %)
3. Janubiy Koreya – 99.2% (99.5 %)
4. O‘zbekiston – 86.7% (84.8%)
5. Avstraliya – 79.2% (72.3 %)
6. Iroq – 77.9% (44.3 %)
7. Iordaniya – 21,4 % (45 %)
8. BAA – 12,6 % (8,6 %)
9. Saudiya Arabistoni – 11.4% (22,9 %)
10. Bahrayn – 4 % (2.4 %)
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston navbatdagi turda 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘izistonni qabul qiladi. Milliy jamoamiz A guruhida peshqadam Erondan (16) keyingi 2-o‘rinni (13 ochko) egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 uchun Osiyoga 8,5 o‘rin ajratilgan. Uchta guruhdan 2tadan jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqsa, guruhlardagi 3-4-o‘rindagi jamoalar pley-offlar orqali qolgan 2,5ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi. Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyun — 19 iyul kunlari AQSh, Kanada va Meksikaning 16ta shahrida bo‘lib o‘tadi.