Toshkentning ikkita ko‘chasida harakat 19 kunga cheklanadi

Jamiyat 19:19 / 21.11.2024 3219

Poytaxtning Shayxontohur tumani iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yaxshilash maqsadida Chilonzor tumanining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi «Toshkent shahar elektr tarmoqlari».

Qayd etilishicha, mazkur ishlar ma’lum hududda yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqozo qiladi. Shu sababli, joriy yilning 22 noyabr kuni soat 00:00 dan 10 dekabr kuniga qadar:

  • Furqat ko‘chasining Beshyog‘och maydonidan Seul ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalishi;
  • Beshyog‘och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismida ikki tomonlama yo‘nalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi.

«Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ko‘rsatilgan davr mobaynida harakat ishtirokchilaridan boshqa muqobil yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: