O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov bir vaqtning o‘zida mamlakatning Kubadagi elchisi etib tayinlandi. 20 noyabr kuni u Kuba prezidenti Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Suhbat chog‘ida Migel Bermudes Kuba O‘zbekiston bilan do‘stlik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlarni qadrlashini ta’kidladi.
U, shuningdek, Kuba hukumatining Toshkent bilan siyosiy muloqotni faollashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashdan yuqori manfaatdorligini qayd etdi.
Kuba prezidenti savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ulkan zaxiralar va foydalanilmagan salohiyat mavjudligi haqida gapirdi.
Elchi Ulug‘bek Lapasov Havanada bo‘lganida Kuba milliy qahramoni Xose Marti haykali poyiga gul qo‘ydi, shuningdek, tashqi ishlar vazirligi, parlament, sog‘liqni saqlash vazirligi, farmatsevtika sanoati kompaniyalari hamda «BioKubaFarma» biotexnologiyalar guruhida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. va farmatsevtika sanoati kompaniyalari.
O‘zbekiston va Kuba o‘rtasida diplomatik munosabatlar 2006 yil 13 martda o‘rnatilgan.