Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi

O‘zbekiston 14:54 / 21.11.2024 2000

Safar davomida Kuvayt kompaniyalari vakillari Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abduvohidov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Muzokaralar chog‘ida Surxondaryo viloyatida Ona va bola klasterini tashkil etish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, yurak-qon tomir va boshqa og‘ir jarrohlik amaliyotlarni hamkorlikda o‘tkazish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, viloyatda import qilinayotgan dori vositalari ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish masalalari xususida fikr almashildi.

Kuvayt biznesi vakillari safar davomida viloyatdagi erkin savdo zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar, hududlararo savdo aloqalarini kengaytirish uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Sherobod tumaniga tashrif davomida esa tibbiyot o‘quv markazi, laboratoriya va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun taklif etilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Ko‘proq yangiliklar: