O‘zbekiston fuqarolari Malayziyada qonuniy asosda ish bilan ta’minlanishi mumkin

O‘zbekiston 13:28 675

Unda O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy asosda Kuala-Lumpur shahrida munosib ish bilan ta’minlash istiqbollarini muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida xorij tomoniga O‘zbekistonda xavfsiz tashqi mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. O‘zbekiston prezidentining "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqidagi ta’kidlandi.

Jinder Kaur Sidxu hozirgi kunda mazkur kompaniya Vetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Myanma, Tailand, Filippin, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlardan 700 nafardan ortiq fuqarolarni mahalliy korxonalarda ishga jalb qilayotganini bildirdi.

Kompaniya rahbari AQSh firmasi bilan birgalikda Amerikadagi o‘zbek mijozlarga telefon orqali o‘zbek va ingliz tillari bo‘yicha tarjima xizmatlarini taqdim etish loyihasini amalga oshirish doirasida birinchi bosqichda Malayziyada istiqomat qilayotgan yoki O‘zbekistondan Kuala-Lumpurga kelib ishlamoqchi bo‘lgan 5 nafar hamyurtimizni tarjimon sifatida ish bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi. Bunda nomzodlarning ingliz tili bo‘yicha bilimlari yaxshi darajaga bo‘lishi kerak.

Uchrashuv natijasida Malayziyada mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash, ularga ishlash ruxsatnomalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: