Malayziya universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi

O‘zbekiston 12:02 / 21.11.2024 813

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Samarqand shahrida respublika davlat va xususiy oliygohlari bilan imzolangan hamkorlik hujjatlarini amaliy loyihalar bilan boyitish hamda yaqin istiqbolda qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida 2025 yilning birinchi choragidan biznes boshqaruvi, axborot texnologiyalari va boshqa o‘zaro qiziqish kasb etuvchi yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish maqsadida respublika universitetlari negizida ta’lim markazlarini tashkil qilish hamda joriy yil oxirida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Malayziyaning Saravak universiteti 1992 yilda tashkil etilgan. U Times Higher Education yetakchi yosh universitetlar reytingida 301-o‘rinni egallagan. Bugungi kunda oliygohda 12 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. O‘zbekistonning Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Renessans universiteti, Xalqaro moliyaviy texnologiya va fan maktabi (ISFT instituti) bilan shartnoma va memorandumlar imzolangan.

Ko‘proq yangiliklar: