Islandiyadagi vulqon bir yil ichida yettinchi marta otildi - fotosuratlar

Jahon 19:13 805

Islandiyadagi Reykyanes yarimorolida joylashgan vulqon dekabr oyidan beri yettinchi marotaba harakatga keldi. Bu haqda mamlakatning RUV teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, vulqon otilishi oqibatida hukumat Grindavik shahri aholisini evakuatsiya qilish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Seysmik faollikni kuzatuvchi Islaniya meteorologiya boshqarmasi prognozlariga ko‘ra, vulqon avgust oyidagi otilishidan kuchsizroq harakatga kelgan.

«Lava Sundxnuksgigar kraterlari atrofida otilishni boshladi», —deyiladi xabarda. Mamlakat Fuqarolik mudofaasi xizmati vulqon otilishi tufayli favqulodda holat e’lon qilgan.

Vulqon harakati aviatashuvlarga xavf tug‘dirmasa-da, rasmiylar yarimorolning ayrim hududlarida kul otilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Islandiya Shimoliy Atlantikaning faol vulqonlarga ega qaynoq nuqtasida joylashgan bo‘lib, bu yerda har 4-5 yilda vulqon harakati kuzatiladi. So‘nggi vaqtlardagi eng halokatli tabiiy ofat 2010 yilda sodir bo‘lgan — Eyyafyadlayyokyudl vulqoni atmosferaga ko‘p miqdorda kul otib, bir necha oyga transatlantik aviatashuvlar jadvalini o‘zgartirib yuborgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: