Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
Davrning o‘tkir talablariga javob beradigan, sifatli, amaliyotda samarali ishlaydigan qonunlarni qabul qilish Oliy Majlisning eng muhim vazifasi, kerak bo‘lsa, uning obro‘sidir, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tyapti.
Prezident ta’kidlaganidek, ijro etuvchi hokimiyat organlari qarorlar qabul qilishda qonuniylikni, ularning asoslangan bo‘lishini ta’minlashi lozim.
Keyingi vaqtda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik bilan maslahat qilishda qonunlarimizda belgilangan talablarga hamisha ham rioya etilmayotganiga e’tiroz bildirildi.
Adliya vazirligiga bir oy muddatda bu masala bo‘yicha takliflarni Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitasi bilan birga muhokama qilish va hukumatga kiritish topshirildi.
Hukumatning qonunchilik tashabbusi bilan Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari sifatini oshirish ham dolzarb masala bo‘lib turibdi.
"Davrning o‘tkir talablariga javob beradigan, sifatli, amaliyotda samarali ishlaydigan qonunlarni qabul qilish Oliy Majlisning eng muhim vazifasi, kerak bo‘lsa, uning obro‘sidir.
Bu borada taniqli xitoy faylasufi Shan Yanning “Yaxshi qonun – xalqqa hurmat ifodasidir”, degan so‘zlarini eslash o‘rinli, deb o‘ylayman. Har bir qonunda shunday hurmat namoyon bo‘lishi kerak. 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin", - dedi prezident.
Mavzuga oid

09:52 / 21.02.2025
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi

12:15 / 06.02.2025
2024 yilda 60 mingdan ortiq norasmiy tadbirkor qonuniylashtirildi

11:58 / 30.01.2025