Xitoy Buxoroda "yashil" sanoat parkini barpo etadi

O‘zbekiston 13:13 653

Buxoro viloyati va Peshku tumani hokimliklari mutasaddilari Xitoy tomonini hudud salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda istiqbolli investitsiyaviy loyihalar bilan tanishtirdi.

Uchrashuv yakunida Uyushma va unga a’zo kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyaning joriy yil 23-25 noyabr kunlari O‘zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Bo‘lajak safar davomida Xitoy tomonidan Buxoro viloyatida amalga oshirish uchun taqdim etilgan "yashil" sanoat parki, umumiy ovqatlanish sektori uchun qadoqlash jihozlarini ishlab chiqarish loyihalari va Guandun provinsiyasining Zunshan shahrida Savdo uyini ochish masalasida muzokaralar tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: