Belaruslik inson huquqlari faollari AQShdan Ales Belyatskiyni qutqarishni so‘ramoqda

Jahon 10:54 1028

Belaruslik huquq faollari AQSh hukumatiga murojaat qilib, hozirda qamoqda o‘tirgan tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Ales Belyatskiyni ozod qilish uchun shoshilinch choralar ko‘rishni so‘radi. 15 yanvar, chorshanba kuni Vilnyusdagi AQSh diplomatik vakolatxonasida "Vesna" inson huquqlari markazi a’zolari va AQShning Belarusdagi vaqtinchalik ishlar vakili Piter Kaufman o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Vesna" asoschisi va rahbari Ales Belyatskiy 2021 yil iyul oyida hibsga olingan. Qamoqda bo‘lganida u Rossiyaning «Memorial» inson huquqlari markazi va Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi bilan birgalikda 2022 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Mukofot 2022 yil dekabr oyida Belyatskiyning rafiqasi Natalya Pinchukka topshirilgan edi.

2023 yil martida Ales Belyatskiy Minsk sudi tomonidan «kontrabanda» va «ommaviy tadbirlarni tashkil etish yoki o‘tkazish tartibini takroran buzish»da ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Belyatskiy ham, uning hamkasblari ham birorta ayblovni tan olishmadi.

Haagadagi XJCdan Lukashenkoga qarshi tergov o‘tkazish so‘raldi

Litva hukumati Aleksandr Lukashenko rejimi tomonidan belaruslarga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish uchun materiallarni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokuroriga rasman topshirdi. Tegishli bayonot 30 sentabr kuni Litva Adliya vazirligi saytida e’lon qilindi.

Hujjatda Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko va mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyatining boshqa vakillari «Belarus tinch aholisiga qarshi kampaniya o‘tkazayotgani, jumladan, bu o‘zboshimchalik bilan hibsga olish va ta’qib qilish, qotillik, jinsiy zo‘ravonlik, qiynoqlar, g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi munosabatni o‘z ichiga olgani» aytiladi.

«2020 yil 1 maydan shu kungacha Belarusning yuqori martabali siyosatchilari va harbiy xizmatchilari ko‘rsatmasi bilan Belarus tinch aholisiga qarshi jinoyatlar, jumladan deportatsiya, ta’qib va ​​boshqa g‘ayriinsoniy harakatlar sodir etilgan deb hisoblash uchun asoslar mavjud», — deb ta’kidladi Vilnyus. Boltiqbo‘yi mamlakati rasmiylari, shuningdek, ushbu jinoyatlarning elementlari Belarus rejimi tomonidan Litva hududida sodir etilganligini, buning natijasida bunday jinoyatlar XJS yurisdiksiyasiga kirishini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: