2024 yil oktyabr oyida O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 72-o‘rinni egalladi. Bu haqda Speedtest Global Index ma’lumotlaridan oydinlashmoqda.
Reytingga ko‘ra, sentabr oyiga nisbatan mamlakat to‘rt pog‘onaga tushib ketdi, mobil internet tezligi 38,97 Mbit/s deb baholanmoqda.
O‘z navbatida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha 74-o‘rinni egalladi (pozitsiya o‘zgarmadi). O‘rtacha tezlik: 76,12 Mbit/s.
Eng tez mobil internet Birlashgan Arab Amirliklarida qayd etildi – 428,53 Mbit/s. Simli internet tezligi bo‘yicha Singapur yetakchilik qilmoqda – 316,99 Mbit/s.
Oktyabr oyiga qadar O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida ketma-ket to‘rt oy yuqoriga ko‘tarilgan edi: iyun oyida - 89-o‘rindan 77-o‘ringa, iyul oyida - 77-o‘rindan 74-o‘ringa, avgust oyida - 74-o‘rindan 71-o‘ringa, sentabr oyida - 71-o‘rindan 68-o‘ringa.