Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi xavfsizlik kamarlari bilan bog‘liq muammo tufayli 112,6 ming avtomobili yo‘ltanlamasini chaqirib oladi. Bu haqda AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga (NHsA) tayanib, Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, NHsA’ga xavfsizlik kamarini mahkamlash moslamasi beixtiyor ishlab ketgani bo‘yicha shikoyatlar kelib tushgan. Baland ovoz chiqarganidan keyin kamar tezda tortilib qolavergan.
Chaqirib olinadigan avtomobillar qatoridan 2019-2020 yillarda ishlab chiqarilgan Ford Expedition va Lincoln Navigator modellari o‘rin olgan.
NHsA’ning ma’lum qilishicha, shuningdek, tortuvchi kuchning yo‘qolishi va elektr tizimining nosozligi sabab Ford’ning 456 mingdan ziyod transport vositasiga nisbatan tergov boshlagan. Tergov davomida 2021-2024 yillarda ishlab chiqarilgan Ford Bronco Sport krossoverlari va Maverick pikaplari o‘rganiladi.
O‘tgan hafta nazorat organi Ford orqani ko‘rishga mo‘ljallangan kameralar nosozligi sabab o‘z avtomobillarini vaqtida chaqirib olmagani uchun 165 million dollarlik jarimani to‘lashga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi.