Abxaziyadagi muxolifat vaqtinchalik hukumat tuzish niyatida

Jahon 12:25 1216

Abxaziya muxolifati o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublika rahbariyati bilan mojaro fonida, agar Abxaziya rahbari Aslan Bjaniya iste’foga chiqishdan bosh torsa, muvaqqat hukumat tuzish niyati borligini ma’lum qildi. Muxolifatchilar bu qadamni «hukumat organlarining normal ishlashini ta’minlash va qulashning oldini olish uchun» qilishadi, dedi 17 noyabr, yakshanba kuni «Aruaa» gurji-abxaz urushi faxriylari jamoat tashkiloti raisi Timur Guliya.

Shuningdek, u muvaqqat hukumat tarkibiga bir qator amaldagi vazirlar kirishi mumkinligini aytdi. Ayni paytda namoyishchilar o‘tgan bahorda o‘rnatilgan hukumat majmuasi atrofidagi to‘siqni demontaj qilishga kirishgan, deb yozadi «Interfaks» o‘z muxbirga tayanib. Muxolifat yetakchilaridan biri Adgur Ardzinbaning aytishicha, Bjaniya bu panjara bilan «o‘z xalqidan ajralib qolmoqchi».

Abxaziya rasmiylari RF bilan bahsli investitsiya shartnomasini bekor qiladi

Gurjistonning bo‘lginchi Abxaziya mintaqasi prezidenti ma’muriyati ommaviy norozilik namoyishlari fonida Rossiya bilan investitsiya shartnomasini ratifikatsiya qilish bo‘yicha bahsli qonun loyihasini qaytarib olishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublika rasmiylari o‘z harakatlarini mintaqadagi «vaziyatni barqarorlashtirish»ga ko‘maklashish istagi bilan izohladi, deb xabar qildi 15 noyabr kuni abxaz OAV.

Muxolifatga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi bilan investitsiya shartnomasi Abxaziyaga «manfaatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri topshirish» hisoblanadi. Bu hujjat mintaqada ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi. 11 noyabr kuni Abxaziya Davlat xavfsizlik xizmati kelishuvni ratifikatsiya qilishga norozilik bildirgan faollarni qo‘lga oldi, shundan so‘ng namoyishchilar uchta ko‘prik orqali harakatlanishni to‘sib qo‘yishdi. Faollar qo‘yib yuborilganidan so‘ng harakat qayta ochildi.

Ko‘proq yangiliklar: