Keyingi besh yil ichida Belarusda uysizlar va tekinxo‘rlar yo‘qoladi. Bu haqda prezident Aleksandr Lukashenko o‘rim-yig‘im kampaniyasi yakuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, afsuski, mamlakat fuqarolarining hammasi ham jonbozlik ko‘rsatib ishlashga tayyor emas. Lukashenko har bir inson o‘zi va oilasi uchun pul topish maqsadida «qimirlashi» kerakligini ta’kidladi.
«Biz yordam beramiz, ish bilan ta’minlaymiz. Faqat mehnat qiling. Odamlarning yashashiga xalaqit beradiganlar <...> biz sizlar bilan jiddiy shug‘ullanamiz, xafa bo‘lmanglar», dedi u.
Belarus rahbari mehnatga layoqatli aholining mintaqalardan mamlakatning markaziy qismiga ommaviy ko‘chib o‘tishining oldini olish hukumat uchun muhim ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoni hal qilish uchun fuqarolarning munosib turmush tarzini ta’minlash va motivatsiyani oshirish zarur. Uning qo‘shimcha qilishicha, davlat apparati aholini qo‘llab-quvvatlashga majbur.