O‘zbekistonda Vengriya sanoat parki tashkil etiladi

O‘zbekiston 15:37 / 14.11.2024 847

Vengriyaning 20 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari qatnashgan tadbirda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy  imkoniyatlari haqida batafsil so‘zlab berildi

O‘zbekiston rasmiy vakili Vengriya biznesi uchun salmoqli salohiyat mavjudligini ta’kidladi. Xususan, Inpark kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Vengriya sanoat parkini tashkil etish rejalari katta qiziqish uyg‘otdi. Qayd etilganidek, ushbu loyiha mamlakatlar o‘rtasidagi sanoat aloqalarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shadi.

Bundan tashqari, elchi uchrashuv ishtirokchilarini 5 dekabr kuni Termiz shahrida bo‘lib o‘tadigan biznes tadbirda ishtirok etishga taklif qildi. Ta’kidlanganidek, bu Surxondaryo viloyatining investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, istiqbolli investitsiya loyihalarini muhokama qilish va mahalliy tadbirkorlar bilan V2V shaklida uchrashuvlar o‘tkazish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Taqdimotdan so‘ng tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Vengriya kompaniyalari vakillari O‘zbekistonning yuqori iqtisodiy o‘sish darajasi va salmoqli salohiyatini qayd etib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Bundan tashqari, venger kompaniyalari rahbarlari mamlakatimizning ishbilarmonlik muhiti bilan tanishish, potensial loyihalarni baholash va kelgusida hamkorlik rishtalarini bog‘lash, mamlakat tadbirkorlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish maqsadida O‘zbekistonga safar qilish rejalari haqida ma’lum qildilar.

Ko‘proq yangiliklar: