iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi

Fan-texnika 23:32 / 14.11.2024 2478

Buyuk Britaniyada 40 million iCloud bulutli servisi mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi. Da’vogarlar kompaniya mijozlarni o‘zining bulutli ma’lumotlar saqlash omboriga bog‘lab qo‘yib, ulardan «tovlamachilar» kabi pul undirayotganini ta’kidlamoqda.

Sud jarayoni tashabbuskori Which? tashkiloti bo‘lib, agar sudda muvaffaqiyatga erishilsa 3 milliard funt sterling undirishlari mumkin — bu har bir da’vogar uchun 70 funtdan to‘g‘ri keladi.

Apple antiraqobat amaliyotidagi ayblovlarni rad etdi. Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, mijozlar iCloud’dan foydalanishga majbur emas. Appleʼga ko‘ra, ko‘plab foydalanuvchilar boshqa dasturchilarning muqobil servislarini ma’qul ko‘radi, kompaniya esa «ma’lumotlarni uzatishni imkon qadar osonlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi».

Appleʼga qarshi ish Buyuk Birtaniya Raqobat masalalari bo‘yicha apellyatsion tribunalida ko‘rib chiqiladi. Avvalroq ushbu instansiyaga Facebook, Google, Steam va Britaniya operatorlar tarmog‘iga qarshi da’volar kelib tushgandi.

Bu boradagi sud jarayonlari hozircha dastlabki bosqichda bo‘lishiga qaramay, keyingi bir necha yil davomida sudlar yangi qarorlar chiqaradi, tomonlar esa o‘zaro kelishuv bitimlarini imzolaydi — bu orqali yirik texnologik kompaniyalarga ta’sir ko‘rsatiladi.

Apple foydalanuvchilariga iCloud bulutli servisidan bepul 5 gigabayt ajratadi, ortiqcha joy uchun esa to‘lov qilish kerak. Masalan, bir oyga 50 gigabayt uchun 1 funt, 12 terabayt uchun esa 55 funt to‘lash lozim.

Kompaniya raqobatchi ma’lumotlar ombori sevislariga o‘z mahsulotlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini taqdim etmaydi. Apple xavfsizlik nuqtai nazaridan buni amalga oshirmasligini ta’kidlab keladi. «2015 yildan boshlab kompaniya mijozlarni o‘z servislariga deyarli bog‘lab qo‘ygan va ulardan pul undirib kelmoqda», — deyiladi da’voda.

Ko‘proq yangiliklar: