Volkswagen Tesla’ning raqobatchisi bilan 5,8 mlrd dollarlik bitim imzoladi

Fan-texnika 20:32 / 13.11.2024 2966

Volkswagen Group Tesla’ning raqobatchisi Rivian kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etdi, deb xabar beradi BBC. O‘zaro bitim qiymati 5,8 milliard dollarga baholanmoqda.

Amerika elektromobil ishlab chiqaruvchisining aksiyalari qiymati birjadan tashqari savdolarda ushbu e’londan keyin 9 foizga ko‘tarilgan. Hamkorlik natijasida kompaniyalar dunyoda elektromobilga bo‘lgan talab kamayib, Xitoy ishlab chiqaruvchilari tomonidan raqobat kuchayib borayotgan bir paytda muhim texnologiyalarini o‘zaro almashishi mumkin bo‘ladi.

Qo‘shma korxona Rivian kompaniyasiga keyingi yilda R2 yo‘ltanlamasini taqdim etishini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘z navbatida Volkswagen (VW) ham avtomobillarini ishlab chiqarishda Rivian texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. VW’ning Rivian texnologiyalari bilan jihozlangan ilk modellari 2027 yilda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Rejaga muvofiq, har ikki kompaniya ixtirochilari va muhandis-dasturchilari dastlab Kaliforniyada faoliyat olib boradi, keyinroq esa Shimoliy Amerika va Yevropada yana uchta obektini ochadi.

Rivian yo‘ltanlamaslardan tashqari elektrfurgonlar ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi — hozirda u o‘zining asosiy aksiyadori bo‘lgan Amazon internet-savdo do‘koniga furgonlarni yetkazib bermoqda. Amazon bu kabi transport vositalaridan 100 ming dona buyurtma qilgan bo‘lib, ularning barchasi 2030 yil oxirigacha yetkazilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: