O‘zbekistonda XMTning Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi konvensiyasi ratifikatsiya qilindi

O‘zbekiston 13:50 / 13.11.2024 789

Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 27 avgustda qabul qilinib, Senat 24 oktyabrda ma’qullagandi.

Hujjat haq to‘lanadigan yillik asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kundan iborat ekani hamda qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan barcha xodimlar uchun qo‘llanishi bo‘yicha bayonot bilan ratifikatsiya qilindi.

Konvensiyaning asosiy maqsadi —  xodimlarga dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi), o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan hamda xodim ishdan ozod etilgan holda har ish yili davomida beriladigan ta’tillarni ta’minlashdan iborat.

Konvensiyada mehnat faoliyati jarayonida va ishlab chiqarish muhitida mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash, shu jumladan, ish joyida yoki ish vaqtida ishchi va xodimlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar yoxud xavflarning oldini olishga qaratilgan talablarni yanada kuchaytirish nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: