Kiyev YePni Rossiyadan bolalarni qaytarishda yordam berishga chaqirdi

Jahon 12:21 / 13.11.2024 1522

Ukraina o‘zining g‘arbiy hamkorlari bilan birgalikda Rossiyaga majburan deportatsiya qilingan ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha tizimli va samarali ish olib borishi uchun doimiy faoliyat yurituvchi maxsus organ – bu masalalar bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruh yoki quyi qo‘mita tuzish zarur. Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubinets 12 noyabr, seshanba kuni Bryusselda Yevroparlamentga shunday murojaat bilan chiqdi. Shu kuni u Yevropa parlamentida bo‘lib o‘tgan «Ukrainalik bolalarni Rossiya tomonidan majburan ko‘chirish va deportatsiya qilish: bolalarni uyga qaytarish bo‘yicha jamoaviy harakatlarni kengaytirish» muhokamasida ishtirok etdi.

Ukrainalik bolalarning qaytishi katta sa’y-harakatlarni talab qiladi

Lubinets aytganidek, bugungi kunda Ukrainada bolalarni Rossiyaga yoki u bosib olgan hududlarga noqonuniy ravishda deportatsiya qilishning 20 mingga yaqin holatlari rasman qayd etilgan va aslida bu raqam ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Rossiya tomoni o‘g‘irlangan bolalarning qayerda ekanligi haqida Ukraina rasmiylariga ma’lumot bermayapti, shu sababli ularni qidirish va qaytarish juda qiyin va sekin kechmoqda, dedi Ukraina ombudsmani.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada Ukrainadan majburan ko‘chirilgan bolalarga nisbatan «ukrain o‘ziga xosligini yo‘q qilish bo‘yicha tizimli siyosat» olib borilmoqda: ular harbiylashtirilyapti, rus oilalari tomonidan tarbiyalanyapti va Rossiya hujjatlarini olyapti. Bundan tashqari, Ukraina tomonida vaqtincha bosib olingan hududlardagi voyaga yetmaganlar qamoqxonalarda saqlanishi, ularda qiynoqlar va shafqatsiz munosabatga duch kelishi haqida dalillar bor.

Muhokama chog‘ida so‘zga chiqqan Yevropa Ittifoqining inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Olof Skug Yevropa Ittifoqi ukrainalik bolalarni qaytarish uchun ko‘proq harakat qilishi kerakligini aytdi. Shu bilan birga, u bunday hollarda diplomatik sa’y-harakatlarni «Yevropadan tashqariga ham kengaytirish kerak» va Yevropa parlamenti a’zolari o‘z mamlakatlari hukumatlari bilan masalaning «tezkorligi haqida» gaplashishlari kerakligini ta’kidladi. DW'ning Yevropa Ittifoqi va Rossiya ombudsman idorasi o‘rtasida ukrainalik bolalarni o‘z vatanlariga qaytarish bo‘yicha dialog bormi, degan savoliga javob berar ekan, Skug «hech qanday aloqa yo‘q», dedi.

Yevrodeputatlar Moskvaga qarshi yangi sanksiyalarni talab qilmoqda

Rossiya «eng og‘ir jinoyat – bolalarga qarshi jinoyat»ni sodir etmoqda, chunki u o‘zini jazosiz his qiladi va YeI Moskvaga buning narxini to‘lash kerakligini eslatishi kerak, dedi Yevropa xalq partiyasi deputati Pekka Toveri. «Biz ushbu operatsiya (ukrainalik bolalarni noqonuniy o‘tkazish)da ishtirok etgan har bir shaxsning ismini aniqlashimiz va ularga qarshi sanksiyalar qo‘llashimiz shart», — dedi Finlandiya parlamentariysi Yevropa Komissiyasining yangi tarkibiga murojaat qilib. 

Toverining ishonch bildirishicha, ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda ayblanib, Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olinishiga order berilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin «bu ishni o‘zi qilmayapti». «Biz ushbu zanjirning har bir bo‘g‘inida hammani topish uchun ko‘proq harakat qilishimiz kerak», dedi siyosatchi. Agar bu bajarilmasa, «Ukrainada hozir sodir bo‘layotgan voqealar kelajakda biz bilan sodir bo‘lishi mumkin», deb ogohlantirdi u.

Ko‘proq yangiliklar: