Finlandiya Timchenko va Rotenbergning hokkey arenasini musodara qiladi

Jahon 14:31 / 13.11.2024 1711

Helsinki rasmiylari rossiyalik ishbilarmonlar Gennadiy Timchenko (u Finlandiya fuqaroligiga ham ega) va Roman Rotenbergga tegishli shaharning eng yirik sport arenasi Helsinki Halli'ni majburan musodara etish tashabbusi bilan chiqmoqda. Bu haqda 12 noyabr, seshanba kuni shahar ijroiya kengashiga tayanib, Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Arena Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga harbiy hujumidan so‘ng Timchenko va Rotenbergga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli yopilgan edi. O‘tgan yili, deb yozadi Reuters, Helsinki, agar tadbirkorlar maydonchani ixtiyoriy ravishda sotishga rozi bo‘lmasa, ulardan tortib olinishi mumkinligini ma’lum qilgan.

11 noyabr, dushanba kuni shahar kengashi arena ekspropriatsiyasi «bino vayron bo‘lishini to‘xtatish va yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazish imkoniyati yo‘qligi sababli Finlandiya obro‘siga putur yetkazilishining oldini olish uchun» zarur deb qaror qildi», deyiladi matnda. Shahar rasmiylarining qo‘shimcha qilishicha, jarayon bir necha yilga cho‘zilishi mumkin.

2023 yilda Helsinki ma’muriyatining hisob-kitoblariga ko‘ra, arena ishlamay qolganligi sababli shahardagi mehmonxonalar, restoranlar va boshqa korxonalar yiliga 400 million yevrogacha zarar ko‘rmoqda.

Gennadiy va Yelena Timchenko YeI sudida sanksiyalarni olib tashlashga erisha olmadi

11 sentabr kuni YeI sudi er-xotin Gennadiy va Yelena Timchenkolarning Yevropa Ittifoqi Kengashiga da’vosini rad etdi, unda ular Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi uchun sanksiyalar rejimi doirasida ularga nisbatan qo‘llangan cheklov choralariga e’tiroz bildirishdi.

2022 yil iyul oyida YeI Kengashi sanksiyalar ro‘yxatidagi shaxslarga Yevropa Ittifoqi yurisdiksiyasi ostidagi aktivlari to‘g‘risida hisobot berish majburiyatini kiritdi. Bryussel bu harakatni sanksiyalardan qochish sxemalarining tobora murakkablashib borayotganiga javob deb atadi. Timchenkolar Yevropa Ittifoqi Kengashi shu tarzda o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganiga ishonyapti. Biroq, Lyuksemburg sudi Bryusselning bunday majburiyatni yuklash huquqiga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Ko‘proq yangiliklar: