Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
Holat bahorda Chilonzor tumanidagi ixtisoslashtirilgan litseyda sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi o‘quvchini urgani tasvirlangan video tarqaldi.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilganda holat Toshkent shahridagi litseylardan birida 2024 yil 16 may kuni sodir bo‘lgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Chilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Respublika akademik litseyida 17 yoshli o‘quvchi J.M. fanga tayyorgarlik ko‘rmagan.
O‘qituvchi M.A. bir necha bor ogohlantirsa-da, bola tartibga kelmagan. Shundan so‘ng o‘rtada o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani bu borada qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

11:20 / 14.03.2025
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi

14:51 / 23.02.2025
O‘zbekistonda maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni ma’lum qilindi

17:25 / 20.02.2025
Toshkentda mijozining yuziga jarohat yetkazgan kosmetolog jinoiy jazoga tortildi

14:10 / 20.02.2025